O’zbekiston Respublikasi klinik neyrofiziologlari va tibbiy genetiklari assotsiatsiyasi sizni hamkor-sponsor sifatida bizning assotsiatsiyamizning rasmiy veb-saytida hamkorlik qilishga taklif etadi.
Bizning tashkilotimiz neyrofiziologiya va tibbiy genetikasi sohasida yetakchi mutaxassislarni birlashtiradi, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, ta’lim dasturlarini tashkil etish va zamonaviy tibbiy texnologiyalarni sog’liqni saqlash amaliyotiga joriy etishga faol hissa qo’shadi. Assotsiatsiya O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, milliy va xalqaro tibbiy tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi, tibbiy yordam standartlarini ishlab chiqish va joriy etishda faol ishtirok etadi, shuningdek, mutaxassislarning malakasini oshirish uchun konferensiyalar, seminarlar va treninglar tashkil etadi.
Sizning e’tiboringizga 6 oyga mo’ljallangan hamkorlik paketlarini taqdim etamiz:
GENERAL PARTNYOR – $2500
EKSKLYUZIV PARTNYOR – $2000
PRIORITET PARTNYOR – $1500
OSNOVNOY PARTNYOR – $1000
Xalqaro hamkorlar uchun to’lov AQSh dollarida amalga oshiriladi, milliy kompaniyalar uchun esa O’zbekiston so’mida joriy kurs bo’yicha.
Sizning kompaniyangiz haqida ma’lumotni veb-saytimizda joylashtirish – bu o’zingizni professional jamoatchilikka tanitish, brendni tanishlashni kuchaytirish va ilg’or tibbiy tashabbuslarni qo’llab-quvvatlashingizni namoyish etish uchun noyob imkoniyatdir.
Hamkorlik shartlarini muhokama qilishdan va sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdan mamnun bo’lamiz.
Hurmat bilan,
O’zbekiston Respublikasi klinik neyrofiziologlari va tibbiy genetiklari assotsiatsiyasi Boshqaruvi.